Rostex fuqarolik mahsulotlarini ikki karra ko‘paytiradi

Rossiya prezidenti ushbu ko‘rsatkichga 2030-yilga kelib erishish topshirig‘ini bergan - Rostex fuqarolik mahsulotlarini ikki karra ko‘paytiradi
Sputnik
"Rostex" davlat korporatsiyasi rahbari Sergey Chemezov ishlab-chiqarish korxonasi 2025-yilga kelib fuqarolik mahsulotlari hajmini 50%ga oshirishni rejalashtirayotgani haqida bayonot berdi.
Ilgariroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu ko‘rsatkichga faqat 2030-yilga qadar erishish to‘g‘risida ko‘rsatma bergan edi. Biroq, kompaniya o‘z oldiga yanada ulkan maqsad qo‘yib, ushbu ko‘rsatkichga besh yil oldin erishishga qaror qildi.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda Rossiyada fuqarolik mahsulotlari hajmi 33%dan ortgan.
Chemezov RF bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashuvda nimalar haqida gaplashganini bizning videoda tomosha qiling.