TOShKENT, 10 yanv – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev o‘rtasida uch tomonlama muzokaralar 11-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Kreml matbuot-xizmati xabar bermoqda.
"Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan 2021-yil 11-yanvar kuni Moskvada RF prezidenti, Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Respublikasi bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘rtasida uch tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tadi", deyiladi xabarda.
Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari - Vladimir Putin, Nikol Pashinyan va Ilhom Aliyev Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildilar.
Rossiya Federatsiyasi prezidenti tomonidan eshittirilgan bayonotga ko‘ra, 10-noyabrdan Tog‘li Qorabog‘da to‘liq o‘t ochish to‘xtatildi. Armaniston tomoni bir qator hududlarni o‘tib berishga rozi bo‘ldi.
O‘t ochish va harbiy harakatlar to‘xtatilganini nazorat qilish uchun Tog‘li-Qorabog‘ zonasida Rossiya Federatsiyasining tinchlikparvar kontingenti joylashtirilgan: bu 1960 nafar harbiy xizmatchilar, 90 ta bronetransportorlar, 380 ta avtomobil va maxsus texnikadir.