Yil ramzi: turli davlatlarda buqa bilan bog‘liq an’analar

Kirib kelgan yil oq metall rangdagi buqa yili ramzi ostida o‘tadi. Bir tomondan, uy jonivori bo‘lsa, boshqa tomondan shafqatsiz va jahldor hayvondir.
Sputnik
Dunyoning ko‘plab davlatlarida buqalar bilan bog‘liq an’analar mavjud. Bu ular ishtirokidagi janglar va poygalardir.
Albatta, bularning barchasi hayvonlar himoyachilari va cherkov vakillari tomonidan qattiq tanqid ostiga olinadi.
Ammo, nima bo‘lgan taqdirda ham, bu azaldan mavjud bo‘lib kelgan madaniy ko‘rinishlardan biridir.
Batafsil -  Sputnik O‘zbekiston fotolentasida!
1 / 9
Ispaniyada korridaning antiqa varianti - Bous a la Mar o‘tkaziladi. Musobaqa daroga chiqadigan maydonda o‘tkaziladi. An’anaviy korridadan farqi shundaki, matador buqadan qocha turib, suvga sakraydi. Buqa ham suvga sakrashi kerak, o‘shanda u mag‘lub etilgan sanaladi. Bunday musobaqalar Kataloniya va Valensiyaning bir qator hududlarida bo‘lib o‘tadi.
2 / 9
Xitoydagi mao etnik guruhiga mansub aholi ham buqalar jangini uyushtirib turadi. Ammo, xitoydagi an’ana shunisi bilan farq qiladiki, bu yerda buqalar odam bilan emas, balki bir-biri bilan bellashadilar. Hayvonlar kuch va chidamlilikda o‘zaro kuch sinashadi.
3 / 9
Kosta-Rikada Feast of the Devils festivali o‘tkaziladi.
4 / 9
Buqalar ustidan sakrash - bu Efiopiyada ben va xamerlar qabilasi erkaklari orasida o‘tkaziladigan an’anadir. Ular shu tarzda endilikda erkak bo‘lganliklarini isbotlaydilar. Ushbu marosimni sayyohlar ham ozgina haq evaziga tomosha qilishlariga ruxsat beriladi.
5 / 9
Ispaniyaning San-Fermin shahrida buqalar bilan yugurish marosimi - ensyerro o‘tkazib kelinadi. Shahar ko‘chalari bo‘ylab 12ta ko‘zi qonga to‘lgan buqalarni qo‘yib yuborishadi. Har yili o‘tkaziladigan bu marosim deyarli hamisha qandaydir ko‘ngilsizlik bilan yakun topadi, gohida insonlar qurbon bo‘lishadi.
6 / 9
Peruda buqalar jangi "Acho" arenasida o‘tkaziladi. Bu mamlakatda o‘tkaziladigan korrida – nafaqat buqalar jangi, balki musiqachilar, oshpazlar ishtirokidagi o‘ziga xos festival ko‘rinishini oladi. Peruda korrida sportga oid emas, balki rasman madaniy tadbir hisoblanadi.
7 / 9
AQShga xos tomoshalardan biri - rodeodir. Bunda chavandoz sakkiz soniya daqiqa davomida buqa ustida qolishi kerak. Buqani "jilovlab turish" uchun buqa tanasiga o‘ralgan va chavandozning bitta bilagiga qo‘shib bog‘langan arqondan foydalanishga ruxsat beriladi.
8 / 9
Vyetnamdagi suv buyvollari ishtirokidagi festival yaqinda tiklangan. Tadbir buqa o‘z egasini jang maydonida o‘ldirib qo‘yganidan so‘ng vaqtincha to‘xtatilgan edi. O‘sha vaqtdan buyon qo‘shimcha xavfsizlik choralari ko‘rilgan.
9 / 9
Chonburida osiyo buqalari ishtirokidagi poyga qariyb 150-yildan buyon o‘tkazib kelinadi.An’anaga ko‘ra, poygalar yomg‘irlar mavsumi oldidan, dehqonlarning hali bo‘sh vaqti borligida o‘tkazilgan.