"Vnukovo" aeroportida qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi - TIV

Elchixonaning tezkor chora-tadbirlari natijasida, 180 kishi "Azur Air" aviakompaniyasining navbatdan tashqari reysi bilan O‘zbekistonga qaytarilgan.
Sputnik
TOShKENT, 9 yanv - Sputnik. Reys bekor bo‘lgani sababli Rossiyaning "Vnukovo" aeroportida qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda TIV matbuot-xizmati.
Rossiya IIV 50 mingdan ziyod o‘zbekistonlik migrantlarni "nolegal"lar safidan chiqardi
Xabarda aytilishicha, 7-8 yanvar kunlari Rossiyaning "Royal Flight" aviakompaniyasiga qarashli Moskva-Samarqand yo‘nalishidagi reys bekor bo‘lgan. Shu sababli Moskva shahrining "Vnukovo" xalqaro aeroportida O‘zbekiston fuqarolari to‘plangan.
Xayriya tashkilotlari ko‘magida "Vnukovo" aeroportidagi vatandoshlar issiq ovqat va gigiyena vositalari bilan ta’minlandi, deyiladi xabarda.
Elchixonaning tezkor chora-tadbirlari natijasida, bekor bo‘lan reysning barcha yo‘lovchilari (180 kishi) "Azur Air" aviakompaniyasining navbatdan tashqari reysi bilan 2021-yil 9-yanvar kuni soat 00:05 da O‘zbekiston Respublikasiga qaytarilgan.