Uzbekistan Airways yana bir “Orzu layneri”ni sotib oladi

Uzbekistan Airways joriy yilning mart oyida yana bir Boeing 787-8 Dreamliner samolyotini xarid qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 28-dekabr kuni tasdiqlangan 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturiga muvofiq, Uzbekistan Airways joriy yilning mart oyida yana bir Boeing 787-8 Dreamliner samolyotini xarid qiladi.
Boeing 787 DreamLiner sotilmaydi - O‘zbekiston havo yo‘llari
Samolyotni sotib olish uchun 141,7 million dollar ajratiladi, shundan 107,1 million dollar Xitoy Davlat taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan kredit mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ta’kidlash joizki, milliy aviakompaniya Dreamliner samolyotlarining tijoriy ekspluatatsiyasini 2016-yil sentabr oyida boshlab, Markaziy Osiyodagi birinchi Boeing 787 mijoziga aylangan.
2018 yil yanvar oyida, Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasining samolyot parkida shu kabi ikkita samolyot bo‘lganida, aviakompaniya 2021-yilga qadar yana to‘rtta Dreamliner samolyotini sotib olish to‘g‘risida shartnoma imzoladi.
2019 yil iyulda O‘zbekistonning UzAirways aviakompaniyasi beshinchi Boeing-787 Dreamliner samolyotini foydalanishga kiritgani haqida xabar berilgan edi.