TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Talimarjon IESning 2 ta bug‘-gaz qurilmalarida to‘xtatilish yuzaga keldi.
Bugun 8-yanvar kuni soat 10:27da va 10:31da Talimarjon IESning 2- va 3- bug‘-gaz qurilmalarida (jami 900 MVt quvvat) energoblok texnologik himoyasining ishlashi natijasida ushbu BGQlari faoliyati to‘xtatilgan.
Buning natijasida, respublikaning ayrim hududlari bo‘ylab elektr energiyasi ta’minotida umumiy 446 MVt quvvatda cheklov kiritilmoqda.
Energetika vaziri Alisher Sultanov boshchiligidagi mutaxassislar zudlik bilan mazkur stansiyaga uchib ketdi.
Hozirgi vaqtda yuzaga kelgan to‘xtatilish sabablari aniqlanmoqda.