Bundan keyin uylar “korobka” holatida topshirilmaydi - Hidoyatov

Pudrat tashkilotlari qurib topshirayotgan barcha uylarning 100 foiz devorlari, kommunikatsiya tarmoqlari tortilgan bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. AOKAda o‘tayotgan matbuot anjumanida Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov ma’lum qildi:
“Aholiga yanada qulay shart-sharoit yaratish maqsadida normativlarga o‘zgarishlar kiritildi. Bundan keyin uylar “korobka” holatida topshirilmaydi. Bu tartib-tamoyil 3 oydan keyin, apreldan kuchga kiradi.
Pudrat tashkilotlari qurib topshirayotgan barcha uylarning 100 foiz devorlari, kommunikatsiya tarmoqlari tortilgan bo‘ladi”.