TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. AQShda shifokor Pfizer vaksinasi bilan emlanganidan salkam ikki hafta o‘tgach vafot etdi, bu haqda Daily Mail nashri uning rafiqasiga asoslanib xabar qildi. RIA Novosti.
Marhumning rafiqasi Xaydi Nekelman aytishicha, uning 56 yoshli eri Gregori Maykl 18-dekabr kuni emlangan va 16 kundan keyin vafot etdi.
"Mening fikrimcha, uning o‘limi emlash bilan yuz foiz bog‘liq. Boshqa izoh yo‘q", - deydi Nekelmann.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Maykl faol hayot tarzini olib borgan, chekmagan, faqat vaqti-vaqti bilan spirtli ichimliklar ichgan. Bundan tashqari, tibbiy ko‘rik paytida uning ichida hech qanday kasallik topilmadi.
Emlashdan uch kun o‘tgach, erkak qo‘llari va oyoqlarida qizil dog‘larni payqab, teri osti qon ketishini ko‘rsatdi. Tekshiruv davomida uning trombotsitlar etishmovchiligi aniqlandi.
Natijada, shifokorga idiopatik trombotsitopenik purpura tashxisi qo‘yildi. Bu shunday kasallikki - organizm trombotsitlarni begona jismlar sifatida qabul qilib, ularni yo‘q qilish uchun qorajigarga signal beradi. Shifokorlar Mayklni qutqarishga urinishdi, ammo 3-yanvar kuni u jarrohlik amaliyotidan avval miyaga qon quyilishi oqibatida vafot etdi.
Pfizer matbuot xizmati ushbu holat bo‘yicha tekshiruv olib borilayotganini ta’kidlab, ammo hozircha mutaxassislar emlash va Mayklning o‘limi bilan bevosita bog‘liqlikni ko‘rmayapganligini ma’lum qildi.