TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Vashingtondagi norozilik namoyishlari vaqtida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiya rahbari Robert Konti ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Oldinroq og‘ir jarohat olgan harbiy havo kuchlari faxriysi Eshli Babbittning halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
"Kapitoliy politsiyasi xodimi xizmat qurolidan bir ayolga o‘q otgan. U mahalliy kasalxonaga yetkazilgan, u yerda uning hayotini saqlab qolish uchun qilingan barcha urinishlarga qaramasdan u vafot etdi ... Bundan tashqari, bugun Kapitoliy yaqinida yana uchta o‘lim qayd etildi", - dedi Conti.
Contining qo‘shimcha qilishicha, namoyishlar paytida 52 kishi qo‘lga olingan. Ba’zilari noqonuniy qurol saqlagani, aksariyati esa Kolumbiya hududida komendantlik soati buzilganligi uchun ushlangan.
Chorshanba kuni Tramp tarafdorlari kongress binosiga bostirib kirganlarida, Kapitoliy tepaligida tartibsizliklar boshlandi. Bungacha Tramp tarafdorlari oldidagi mitingda so‘zga chiqib, ularni Kapitoliyga borishga chaqirgan.
Keyinchalik amaldagi prezident o‘z tarafdorlarini uylariga tarqalishini so‘radi.