TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Bir sutka davomida 62 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 77 412 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining: 11 nafari Andijon viloyatida, 5 nafari Buxoro viloyatida, 2 nafari Jizzax viloyatida, 2 nafari Qashqadaryo viloyatida, 3 nafari Navoiy viloyatida, 3 nafari Namangan viloyatida, 8 nafari Samarqand viloyatida, 6 nafari Xorazm viloyatida, 10 nafari Toshkent viloyatida,12 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Sog‘ayish ko‘rsatkichi
Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 75 759 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizga yetdi.
Ayni paytda 1 038 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 155 nafar bemor og‘ir, 30 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.
O‘lim holatlari
O‘zbekistonda jami 615 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.
Dunyo salomatligi
Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 86,4 milliondan oshdi, 1,8 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (21,0 mln), Hindistonda (10,4 mln), Braziliyada (7,8 mln).