O‘zbekiston pasporti jahon reytingida nechanchi o‘rinda?

Shveysariyaning Henley & Partners (H&P) xalqaro konsalting kompaniyasi jahon pasportlarining yangilangan reytingini taqdim etdi.
Sputnik
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Henley & Partners (H&P) xalqaro konsalting kompaniyasi jahon pasportlarining yangilangan reytingini taqdim etdi.
Ro‘yxatda O‘zbekiston uch pog‘onaga pasayib, 86-o‘rinni egalladi. Reytingga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari 57 mamlakatga vizasiz kirishlari yoki yetib borgandan keyin viza olishlari mumkin.
O‘zbekiston Kot-d'Ivuar va Gabon bilan 86-o‘rinni bo‘lishib oldi.
Reytingda birinchi o‘rinda - Yaponiya. Yaponiya fuqarolariga 191ta davlatga vizasiz kirish huquqi berilgan. Ikkinchi o‘rinda Singapur (190), uchinchi o‘rinda Janubiy Koreya va Germaniya joylashgan (189).