TOShKENT, 6 yanv – Sputnik. Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati viloyat, shahar va tuman hokimliklari xakerlar hujumiga uchraganini ma’lum qildi.
“Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati 2021-yilning 6-yanvar kuni viloyat, shahar va tumanlarning rasmiy saytlari hakerlar hujumiga uchraganligini ma’lum qiladi.
Hozirda saytlarni asl holida ishlatish choralari ko‘rilmoqda. Bu haqda qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi”, - deyilgan hokimiyat telegram kanali orqali tarqatilgan xabarda.
Ayni damda Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sahifasi oflayn rejimda ishlamoqda.