"Paxtakor" Dubayda Rossiyaning "Zenit" va "Spartak" jamoalari bilan uchrashuv o‘tkazadi

Yangi yilda "Paxtakor" jamoasining ilk o‘yinlari Dubayda Rossiyaning eng kuchli "Zenit" va "Spartak" jamoalariga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Dubayda "Paxtakor" Rossiyaning "Zenit" va "Spartak" jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadi. 
O‘zbekistonning amaldagi chempion jamoasi "Paxtakor" Dubayda mashg‘ulotlar doirasida Rossiyaning eng kuchli jamoalari "Zenit" va "Spartak" bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadi, - deyilgan xabarda.
OChL: “Paxtakor” chorak finalda qaysi jamoaga qarshi o‘ynashi ma’lum bo‘ldi
Ma’lum bo‘lishicha, "Zenit" futbol klubi bilan uchrashuv 24 yanvar kuni  (boshlanishi soat 12:00da), "Spartak" bilan esa — 30 yanvar kuni  soat 17.00da bo‘lib o‘tadi. Undan tashqari 3-fevral kuni "Paxtakor" Latviyaning "Riga" jamoasi bilan ham o‘rtoq lik uchrashuvi o‘tkazishni rejalashtirgan. 
Ma’lumot uchun "Zenit" jamoasi Rossiya premyer ligasida 19ta o‘yin o‘tkazib 41 ochko bilan yetakchilik qilmoqda, "Spartak" - esa uchinchi o‘rinda. "Riga" jamoasi esa — Latviya chempioni.
"Paxtakor" 2020-yilda jami 38ta o‘yin o‘tkazib raqiblar darvozalariga 100ta to‘p kiritgan va 25ta o‘tkazib yuborgan.