Italiya shimoliida Rimdan 260 km masofada joylashgan Abetone kurort shaharchada odam bo‘yidan baland qor yog‘di. Qor uyumlari balandligi 2 metrdan baland bo‘ldi.yu
Odamlar bunday qalin qor ustida o‘rish uchun qorga cho‘kmaydigan maxsus oyoq kiyimida va chang‘ichilar ko‘z oynagi taqib yurishmoqda. Avtomobillar esa batamom qor ostiga ko‘milib ketgan.
Mahalliy hukumat ushbu hududga tashrif buyurishni rejalashtirgan sayyohlardan shahar normal tartibga tushib olgunicha o‘z sayohatlarni biroz kechiktirishni so‘ramoqda. Shu vaqtnig o‘zida maxsus texnika shahar ko‘chalarini qordan tozalashga kirishgan.
Aytish joizki Rossiyaning ayrim shimoliy shaharlarida ham shunday manzarani kuzatish mumkin.