TOShKENT, 6 yanv - Sputnik. Farg‘ona viloyati aholisini elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qoplash maqsadida "Farg‘ona IEM" AJda 17 MVt quvvatdagi zamonaviy, yuqori samarali koogeneratsion gaz trubina qurilmasining ishga tushirish jarayoni amalga oshirildi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Elektr stansiyasida qo‘llanilgan yuqori samarali koogeneratsion gaz trubinasi aholini elektr bilan ta’minlash bilan birga tabiiy gazni iqtisod qilish imkonini beradi.
Loyihaning dastlabki bosqichida "Farg‘ona IEM" AJdan 17 km uzoqlikda joylashgan, RK-3 qozonxonasi yonida 7 MVt quvvatga ega gaz turbina qurilmasi 2019-yilning dekabr oyida foydalanishga topshirilgan edi.
Ushbu loyiha har yili qo‘shimcha 197,24 mln. KVt soat elektr energiyasi hamda 214,5 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Bunda yillik tabiiy gaz iqtisodi 3,2 million kub metrni tashkil qiladi, - deyilgan xabarda.