Chilonzorda Nexia avtomobili yonib ketdi

Toshkentda signalizatsiya tizimidagi qisqa tutashuv oqibatida avtomobil yonib ketdi. Hodisa oqibatida hech kim zarar ko‘rmagan.
Sputnik
TOShKENT, 6 yanv - Sputnik. Bugun soat 14larda, Chilonzor tumani, Beshog‘och va Furqat ko‘chalari kesishgan chorrahasida Nexia avtomoboil yonib ketdi deb xabar qilmoqda YHXBB matbuot xizmati. 
Xabarda aytilishiga ko‘ra, yong‘in avtomobilning signalizatsiyasida tizimida sodir bo‘lgan qisqa tutashuv tufayli yuzaga kelgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Avtomobilning saloni va tomi eshiklari yong‘indan zararlangan.
Mazkur hodisa yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.