TOShKENT, 5 yanv - Sputnik. O‘zbekistonda "Apple" kompaniyasining rasmiy ofislari ochiladi, deb xabar qildi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmatov AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistonda shu kunga qadar dunyoda eng yirik mobil qurilmaar ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lgan "Samsung" kompaniyasining 4 ta rasmiy ofisi ochilgan.
Shuningdek, brifingda xabar qilinishicha, 2020-yilning dastlabki 10 oyida Respublikada mobil telefonlarning rasmiy importi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10 baravarga oshib 781,7 ming donani tashkil qilgan.