Samarqandda avtoraqam 57 ming dollarga sotildi

Samarqand viloyatiga tegishli bo‘lgan 30 Z 777 ZZ avtomobil davlat raqami onlayn auksionda rekord darajadagi narx — 596,5 mln so‘m evaziga sotildi.
Sputnik
TOShKENT, 5 yanv - Sputnik. Avtoraqam onlayn auksionida Samarqand viloyati hududiy kodiga doir avtoraqam uchun rekord miqyosidagi taklif evaziga sotildi.  
Samarqand viloyati IIB YHXB RIB tomonidan boshlang‘ich narxi 111 500 000 so‘m bilan savdoga chiqarilgan "30 Z 777 ZZ" avtoraqami uchun 4-yanvar kuni 
596 525 000 so‘m miqdorida taklif evaziga sotilgani qayd etildi. 
Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Samarqand viloyati IIB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, ushbu avtoraqam "allaqachon sotilgani" haqidagi xabarlar yolg‘on ekanini va ushbu avtoraqam YHXB ixtiyorida ekanini tasdiqlovchi post qoldirgan edi.