Namanganda 2 kishi Qirg‘izistondan olib kelingan aroqdan vafot etdi

Namanganda Qirg‘izistondan olib kelingan qalbaki aroqdan 12 kishi zahardandi, ulardan 2 nafari vafot etdi. Prokuratura jinoyat ishi qo‘zg‘adi.
Sputnik
TOShKENT, 5 yanv - Sptnik. Namanganda 2 kishi Qirg‘izistondan olib kelingan qalbaki aroqdan vafot etdi, deb xabar qilmoqda  Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Xayot Shamsutdinov.
2020 yil 29-31 dekabr kunlari Namangan viloyatining To‘raqurg‘on tumanida 12 nafar fuqaro Qirg‘iziston Respublikasi aksiz markasi yopishtirilgan “Gradusnik” nomli spirtli ichimlik iste’mol qilganliklari oqibatida shifoxonaga o‘tkir zaxarlanish tashxisi bilan yotqizilgan, - deyilgan xabarda.  
Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, ularning 2 nafari vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan To‘raqurg‘on tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.