Mahalliy brendlarining elektron maydonchasi ishga tushdi

Brendlar elektron maydonchasida respublikada qayd etilgan brendlar ro‘yxatidan tashqari intellektual mulk va tovar belgilarini himoya qilishga doir huquqiy hujjatlar ham joylashtirilgan. 
Sputnik
TOShKENT, 5 yanv - Sputnik. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi o‘z rasmiy veb-saytida mahalliy tovar va xizmat brendlarining elektron maydonchasini ishga tushirdi.
Brendlar elektron maydonchasida Respublikada ro‘yxatga olingan barcha savo belgilari ro‘yxati, ularga egalik qilayotgan tadbirkorlik subyektlari nomi va manzili bilan tanishish mumkin. 
Undan tashqari, yangi savdo belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar ro‘yxati va riza namunalari, shuningdek intellektual mulk va tovar belgilarini himoya qilishga doir huquqiy-normativ hujjatlar ham joylashtirilgan. 
Shu bilan birga Savdo sanoat palatasi intellektual mulk sohasiga oid tadbirkorlarda yuzaga keladigan ko‘p so‘raladigan savollarga javoblarni ham keltirgan.