TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Fors ko‘rfazi davlatari Qatar bilan mojaroni yakunlash va chegaralarni ochish haqida shartnoma imzolashdi. Ushbu kelishuvga Doxada bo‘lib o‘tgan Arab davlatlarining 41-sammitida erishildi.
Kelishuv ostiga Qatar va Quvayt amirlari, Saudiya Arabistoni va Bahrayn voris shahzodalari hamda BAA vitse-prezidenti hamda Oman bosh vaziri o‘rinbosarlari o‘z imzolarini qo‘yishdi.
Imzolangan shartnomaning barcha shartlari keng ommaga hozircha oshkor qilinmagan bo‘lsada, uning asosiy mazmuni - bir necha yildan beri yakkalanib kelayotgan Qatar bilan yarashishdir. Aynan shu sababli pandemiyaga qaramasdan arab davlatlari rahbarlari uchrashuvni oflayn tartibda o‘tkazishga qaror qilishdi.
3 Dekabr 2018, 13:07
Shartnomaning texnik jihatlarini keyinchalik tegishli qo‘mitalar tomonidan kelishib olishga qaror qilindi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu shartnomaga erishishda AQSh prezidenti Donald Trampning ishtirioki sezilarli bo‘lgan. Shu sababli uchrashuvda uning katta maslahatchisi (va kuyovi) Djared Kushner ham ishtirok etgan.
Undan tashqari, uchrashuvda 2017-yilda Qatar bilan aloqalarni uzgan Misr tashqi ishlar vaziri Samex ash-Shukri ham ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni Qatar bilan munosabatlarini uzishga 2017-yilda qaror qilgan edi. Shundan so‘ng 3,5 yil davomida Saudiya Arabistoni, Bahrayn va BAA Qatar bilan barcha aloqalarni bekor qilgan va quruqlik, suv va havodagi chegaralarini yopgan edi. Qatar amiri Tamim ben Xamad Al Tani arab davlatlarining hududiy uchrashuvlarida ishtirok etmagan edi.