TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 5-yanvardan boshlab yangi qiymatini belgiladi.
© Markaziy bank matbuot xizmati
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 27,48 so‘mga arzonlashib, 10 449,44 so‘mni tashkil qildi. Yevro ham 24,13 so‘mga tushib, 12 761 so‘m bo‘ldi.
Rossiya rubli esa 0,82 so‘mga arzonlashdi va 140,45 co‘mni tashkil qildi.