Koronavirus: O‘zbekistonda 30 tadan kam kasallanish qayd etildi

Hozir O‘zbekistonda 1207 nafar bemor koronavirusdan davolanmoqda. Ulardan 156 nafari og‘ir, 31 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Sputnik
TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. 3-yanvar kuni O‘zbekistonda 27 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Kasallanganlarning umumiy soni 77 258 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
Bir hafta ichida O‘zbekistonga aviareyslarda kelgan 21 yo‘lovchida koronavirus aniqlandi
Yangi kasallanganlarning 2 nafari Andijon viloyatida, 1 nafari Jizzax viloyatida, 1 nafari Qashqadaryo viloyatida, 5 nafari Toshkent viloyatida, 18 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga kecha 79 kishi kasallikdan tuzalgan. Jami 75437 kishi koronavirusni yenggan. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1207 nafar bemordan 156 nafari og‘ir, 31 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.