TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Kecha, 3-yanvar kuni futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 15- turidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
“Jenoa” o‘z maydonida “Latsio”ni qabul qildi. Mazkur o‘yinda o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov 2-bo‘limda maydonga tushdi. Bungacha rimliklar o‘yinda hisobda oldinga (0:1) chiqib olishgan edi.
Shomurodov 58-daqiqada raqiblarni aldab o‘tib, Mattia Destroga to‘pni uzatdi. Destro esa uzatmadan to‘g‘ri foydalanib, hisobni tenglashtirdi – 1:1.
Qolgan vaqtda har ikki jamoa vakillarida, shu jumladan, Shomurodovda ham golga tortadigan vaziyatlar bo‘ldi. Biroq yakunda uchrashuv durang natija bilan tugadi.
Eslatib o‘tamiz, “Jenoa” – “Parma” bahsida o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov Italiyada o‘zining ilk golini urishga muvaffaq bo‘lgan edi.