Armaniston poytaxti Yerevandan Stepanakertga bir sutka ichida avtobuslarda 130 nafar qochoq qaytdi. Ularga yo‘l davomida rossiyalik tinchlikparvar kuchlari hamrohlik qildi.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Tog‘li Qoraboqqa jami 47 100 nafar qochoq doimiy yashash joyiga qaytib kelgan.
Rossiya harbiylari nafaqat fuqarolarning xavfsiz qaytishini ta’minlamoqda, balki gumanitar yordam ko‘rsatib, infratuzilmalarni qayta tiklamoqda.
Shuningdek, ular 23 ta kuzatuv postlaridan o‘t ochmaslik rejimiga rioya qilinishini nazorat qilmoqda.