TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. 2020 yil 2-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 77231 (+49) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.
Yangi kasallanganlarning:
- 4 nafari Andijon viloyatida,
- 1 nafari Jizzax viloyatida,
- 1 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 5 nafari Namangan viloyatida,
- 3 nafari Xorazm viloyatida,
- 5 nafari Toshkent viloyatida,
- 30 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida jami 114 kishi kasallikdan sog‘ayib ketgan. Sog‘ayganlarning umumiy soni 75358 nafarga yetib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda. Qurbonlar soni o‘zgarishsiz qolgan (614).
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1259 nafar bemordan 155 nafari og‘ir, 31 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.