O‘zbekiston prezidentining rasmiy veb-sayti yangi formatda ishga tushirildi

Saytning bosh sahifasida dunyo va O‘zbekiston xaritasi joylashtirilgan. Bu funksiya yordamida prezidentning xorijga va mamlakatimiz hududlariga tashriflari haqidagi axborotlarni xarita orqali topish mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 1 yanv - Sputnik. O‘zbekiston prezidentining rasmiy veb-sayti yangi formatda ishga tushirildi.
Shavkat Mirziyoyevning Yangi yil tabrigi
Yangi saytda "Prezident Administratsiyasi" bo‘limi ochilgan.
Unda prezident maslahatchilari, Prezident Administratsiyasining asosiy vazifalari, Administratsiya Ijro etuvchi apparati rahbariyati, prezident va Administratsiya huzuridagi tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.
Saytning bosh sahifasida dunyo va O‘zbekiston xaritasi joylashtirilgan. Bu funksiya yordamida prezidentning xorijga va mamlakatimiz hududlariga tashriflari haqidagi axborotlarni xarita orqali topish mumkin.
Saytda "Prezident virtual qabulxonasi" portaliga o‘tish, Xalq qabulxonalarining aloqa ma’lumotlarini izlash kabi qulayliklar bor.