O‘tgan yilning eng qiziqarli arxeologik kashfiyotlari

Ortda qolgan 2020-yil davomida ko‘plab kashfiyotlar qilindi, arxeologik qazilmalar shular jumlasidan. Misol uchun, Yamal-Nenesk okrugi hududida paleolit davriga mansub mamont suyaklari aniqlandi.
Sputnik
Yamal-Nenesk okrugi hududidagi arxeologik qazilmalar davomida paleolit davriga mansub mamont suyaklari fragmentlari topildi.
Joriy yilning eng qiziqarli arxeologik topilmalarini - fotolentamizda tomosha qiling!
1 / 12
Afinada topilgan grek xudosi Germesning bosh qismi.
2 / 12
Perudagi Naska platosida topilgan mushuk geoglifi, ikki ming yildan ortiq tarixga ega.
3 / 12
Yamal-Nenesk hududida arxeologik qazilmalar davomida aniqlangan katta mamontning suyaklari fragmentlari.
4 / 12
Falastinda aniqlangan ritual hammom va cherkov vayronalari, 2000-yillik tarixga ega.
5 / 12
Londonda aniqlangan dastlabki teatrning qazilma ishlari.
6 / 12
Xitoyda aniqlangan qush haykali, 13 ming yoshdan katta.
7 / 12
Norvegiyadagi Lendbreen muzligida aniqlangan ot bosh suyagi.
8 / 12
Qadimgi Rim shaharlaridan biri Faleriya-Novining georadar yordamida yaratilgan ilk to‘liq xaritasi.
9 / 12
Yakutiyada aniqlangan 39500 yoshdan katta bo‘lgan g‘or ayig‘ining tanasi.
10 / 12
Rim Forumidagi Romul sarkofagi.
11 / 12
Ispaniyadagi Font-Major g‘oridagi qoyalarga o‘yilgan suratlar.
12 / 12
Tuvadagi skif qizi qoldiqlari.