2021 yilning birinchi kunida dunyoga kelgan bolalar 22-asrda yashaydi

Kutilishicha, 2021-yilning birinchi kunida 371 ming bola tug‘iladi. Ularning yarmidan ko‘pi - Hindiston, Xitoy, Nigeriya, Pokiston, Indoneziya, Efiopiya, AQSh, Misr, Bangladesh va Kongo Demokratik Respublikasida dunyoga keladi
Sputnik
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. BMTning Bolalar jamg‘armasi YuNISEF 2021-yilda dunyoda bolalarning tug‘ilishi bo‘yicha prognozlarni e’lon qildi.
SSSR davrida bolalar qishki ta’tilni qanday o‘tkazishgan – foto
Ular taqdim etgan statistikaga ko‘ra, yangi yilning 1-yanvarida dunyoga kelgan bolakaylar umrining o‘rtacha davomiyligi 84 yoshni tashkil etadi.
Yangi yilda birinchi bola Tinch okeanidagi Fiji arxipelagida dunyoga kelgan. Kutilishicha, 2021-yilning birinchi kunida 371 ming bola tug‘iladi. Ularning yarmidan ko‘pi - Hindiston, Xitoy, Nigeriya, Pokiston, Indoneziya, Efiopiya, AQSh, Misr, Bangladesh va Kongo Demokratik Respublikasida dunyoga keladi.
"Bugun dunyoga kelgan bolalar biz ular uchun barpo etadigan dunyoni meros qilib oladilar. 2021-yilda biz adolat, xavfsizlik va salomatlik hukm suradigan dunyoni barpo etishni boshlaylik!, - deb bayonot qilgan YuNISEF ijrochi direktori Genriyetta Fore.
Analitiklarning taxminlariga ko‘ra, 2021-yilda dunyoda jami 140 million bolakay dunyoga keladi.