Yangi yilga qanday sovg‘a olishni istaysiz - Ijtimoiy fikr so‘rov o‘tkazdi

Bu yilgi Yangi yilda eng yaxshi sovg‘alar "e’tibor", "naqd pul" va "biror foydali narsa" ekan. Bu aholi orasida o‘tkazilgan so‘rovda ma’lum bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 30 dek - Sputnik. Kirib kelaytgan bayram arafasida "Ijtimoiy fikr” Markazi sotsiologlari o‘zbekistonliklar Yangi yilga qanday sovg‘a olishni istashlarini o‘rganib chiqishdi.

O‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, “Yangi yilda qanday sovg‘a olishni xohlaysiz?” degan savolga, respondentlar quyidagicha javob berishgan: 

  • 41 % - sovg‘a muhim emas asosiysi - e’tibor 
  • 38 % - naqd pul 
  • 19 % - biror turmush uchun foydali narsa 
  •  2 % -  foydali bo‘lmasa ham biror yoqadigan narsa 

So‘rovnoma Markazning telegramm kanali orqali onlayn tarzda o‘tkazilganligi bois Respublika bo‘ylab ishtirokchilarni qamrab olish imkonini berdi. So‘rovnomada 1162 nafar respondent ishtirok etdi va natijalar ularning jinsi hamda yoshiga nisbatan taqdim qilindi.