Rosselxoznadzor O‘zbekistonning yana 34 ta korxonasidan pomidor olib kirishga ruxsat berdi

Birinchi yanvardan Qashqadaryo va Navoiy viloyatlaridan pomidor mahsulotini 34 ta korxona Rossiyaga eksport qilishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. 2021-yilning 1-yanvar sanasidan boshlab Qashqadaryo va Navoiy viloyatlaridan pomidor mahsulotini 34 ta korxona Rossiyaga eksport qilishi  mumkin. Bu haqda “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Qashqadaryo viloyatidan quyidagi korxonalar:

- «Komfortable Biznes Servis» MChJ;

- «Oltin Voxa Gidroponika” MChJ;

- «Muborak Gazni Kayta Ishlash Zavodi” MChJ;

- «Gren Agro Point” MChJ;

- «Jaxon Mashxur Visola” MChJ;

- «Universal texagro Servis” MChJ;

- «Karvon Omad Savdo” MChJ;

Navoiy viloyatidan quyidagi korxonalar:

- «Kogon Kurulish injiniring” MChJ;

- «Karmana Xosil Osiyo” MChJ;

- «Bunyodkor 2000» xususiy korxonasi ;

- «Karmana Golden Ground” MChJ ;

- «Navoiy Seul Trade” MChJ;

- «Navoiy Korea” MChJ ;

- «Bogi JoxonMevasi” MChJ;

- «Baraka Xosil” MChJ;

- «Golib Begzod” MChJ;

- «Mirsidik” MChJ;

- «Navoiy Izvest” MChJ;

- «Saxovat” MChJ;

- «Izumrud Kvand Indus” MChJ;

- «Eko Garden Navoiy” MChJ;

- «Zafarjon Jasur Navoiy” MChJ;

- «Asya Sera Navoiy» MChJ;

-  «Heat Light» xususiy korxonasi;

- «Agro green House» MChJ;

- «Temurbek Poydevori” xususiy korxonasi;

- «Jest Strem» MChJ;

- «Potato Agrofirmasi» MChJ;

- «Tomates the Zarafshon» MChJ;

- «Muxammad Rizo” MChJ;

- «Jahon biznes baraka” MChJ;

- «Newa Garden» MChJ;

- «Askar Dilshod orzusi” MChJ;

- «Mehridin Aziz Sardor” MChJ . 

“Aytish o‘rinliki, yuqorida keltirilgan korxonalarga qarashli  mahsulot eksport qilinuvchi issiqxonalar zararli organizmlardan xoli deb topilib, umumiy ma’lumotnomalari, ya’ni pasportlari  O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan shakllantirilib, “Rosselxoznadzor”ga taqdim  etilgan. Kelishuv va muzokaralar davom etmoqda”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rosselxoznadzor 18-dekabrdan boshlab O‘zbekistondagi yetti korxonadan pomidor va qalampir olib kirishga ruxsat bergan edi.