Toshkentda ikkita yangilangan GES ish boshladi

Yuqoridagi GESlarni modernizatsiya qilish Xitoy Xalq Respublikasining Eksimbank kreditini jalb qilgan holda amalga oshirildi.
Sputnik

TOShKENT, 28 dek - Sputnik. Toshkentda 28-dekabr kuni ikkita yangilangan 9 va 14 GESlar o‘z faoliyatini qayta tikladi deb xabar qilmoqda “O‘zbekgidroenergo” AJ.

Yuqoridagi GESlar 75-yil davomida ekspluatatsiya qilinish natijasida texnologik uskunalari moddiy va ma’naviy jihatdan eskirib, so‘nggi yillarda mazkur GES o‘rnatilgan quvvatlarda ishlamay qolgan edi.

Sirdaryoda kichik GES qurilishi boshlandi

9-GESda yangi 16,6 MVt quvvatli gidroagregatlarni o‘rnatish loyihasini amalga oshirish natijasida, yillik elektr energiya ishlab chiqarish ko‘rsatkichi 95,0 mln.kVt.soatni tashkil etadi. Bu, o‘z navbatida, ishlab chiqarish quvvatlarini qariyb 2 barobarga oshiradi. Yangilangan 9-GES Toshkent shahrining 60-70 mingga yaqin aholi xonadonlarining elektr energiyasiga bo‘lgan talabini qondiradi.

14-GESda umumiy quvvati 15 MVtdan iborat 2 dona gidroagregat o‘rnatildi va uning yillik elektr energiya ishlab chiqarish ko‘rsatkichi 90,7 mln. kVt/soatgacha oshirildi. Yangi loyiha ishga tushirilishi natijasida Toshkent viloyatining 50-60 mingga yaqin xonadonlari elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji qondiriladi.

Yuqoridagi GESlarni modernizatsiya qilish Xitoy Xalq Respublikasining Eksimbank kreditini jalb qilgan holda amalga oshirildi. Modernizatsiya ishlari XXRning “Power Construction of China Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Toshkentda ikkita yangilangan GES ish boshladi