Rossiyada Alonkaga o‘rnatilgan haykal odamlarni qo‘rqitib yubordi – video

Novovoronejda o‘rnatilgan haykal aholi va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining qizg‘in muhokamasiga sabab bo‘ldi.
Sputnik

Haykal mualliflari hozir Novovoronejda joylangan Novaya Alonovka qishlog‘i asoschisi xotirasini tarixga muhrlamoqchi bo‘lishdi.

Afsonalarga ko‘ra, Alonka Donga Lebednya shahridan kelgan va unga bu yer shunchalik ma’qul bo‘lganki, u bu yerga o‘z qishloqdoshlarini olib kelishga ahd qilgan. Yangi haykal aynan shu voqeani eslatib turishi kerak edi.

Biroq haykal odamlarni qo‘rqitib yubordi. Ular Alonani qo‘rqinchli film qahramoniga o‘xshatishdi.

Natijada hukumat atigi uch-to‘rt kun turgan haykalni olib tashlashga qaror qildi.