TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnoma yo‘llamoqda.
Murojaatnoma davomida davlat rahbari maktablarda ta’limni rivojlantirish maqsadida o‘qituvchilarga qo‘shimcha ish haqi to‘lanishini ma’lum qildi.
“Boshqa tumandagi olis maktablarga borib ishlagan o‘qituvchiga 50 foiz, boshqa viloyatga borib ishlasa 100 foiz ustama haq to‘lanadi. Xususiy maktablar uchun subsidiya ajratiladi. 10 ta prezident maktabi, fanlarga ixtisoslashgan 197 ta maktab faoliyatini boshlaydi”, - dedi Mirziyoyev.