O‘zbekiston aholisi Yangi yilni qor bilan kutib oladimi – sinoptiklar prognozi

Dekabr oyining oxirgi kunlari va yanvar oyining birinchi kunlari respublika bo‘yicha sovuq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Bu hafta O‘zbekistonning barcha hududlari Sibir antisikloni periferiyasi ta’siri ostida bo‘ladi, u Rossiyaning Uraldan Oxota dengizigacha bulgan keng hududini o‘z ichiga qamrab oladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar qilmoqda.

Shu bois dekabr oyining oxirgi kunlari va yanvar oyining birinchi kunlari respublika bo‘yicha sovuq va quruq ob-havo  bo‘lishi kutilmoqda. Meyordan 4-7 darajaga past bo‘lgan harorat hafta davomida saqlanib turadi.

“Yakshanba kuni 27-dekabrda yog‘ib o‘tgan qor bu yilgi so‘nggi qor edi, O‘zbekiston aholisi Yangi yilni qorsiz kutib oladilar”, - deyilgan xabarda.

Ma’lum qilinishicha, oxirgi marta Yangi yil bayramida qor 2013-yil 1-yanvar kunida yoqqan.