Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 2021-yil yakunigacha uzaytirilgan – DXA

O‘zbekistonda yangi haydovchilik guvohnomasini olish muddati 2021-yil 31-dekabrgacha uzaytirilgan. Qayta imtihon topshirish talab etilmaydi.
Sputnik

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. O‘zbekistonda yangi haydovchilik guvohnomasini olish muddati 2021-yil 31-dekabrgacha uzaytirilgan va bunda qayta imtihon topshirish shart emas. Davlat xizmatlari agentligi shunday eslatma bilan chiqdi.

Xususiy sektorga apreldan “prava” olish uchun imtihon o‘tkazish huquqi beriladi

Ma’lum qilinishicha, aholiga qulay bo‘lishi uchun eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish 2021-yil 31-dekabrga qadar davom etadi.

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun qayta imtihon topshirish shart emas. Buning uchun pasport, eski haydovchilik guvohnomasi va talon kerak bo‘ladi.

Qanday hollarda haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yiladi?

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 70 foizi (bugungi kunda 156 100 so‘m) miqdoridagi to‘lov amalga oshiriladi.

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 2021-yil yakunigacha uzaytirilgan – DXA