TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy “Rossiya-1” telekanali efirida kelajakda kim Rossiya prezidenti bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu lavozimga bosh vazir Mixail Mishustin, mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Moskva meri Sergey Sobanin, Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko va Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev da’vogarlik qilishlari mumkin.
Shu bilan birga, Jirinovskiy, o‘ziga ishora qilib, butun mamlakat 30-yildan buyon kutayotgan kishi davlat rahbari bo‘lishini ta’kidladi. Shuningdek, u 2024-yil bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlarida o‘z nomzodini ilgari surish niyatini tasdiqladi.