Yangi yilda bolajonlar prezidentdan qanday sovg‘alar oladi

Bu yilgi “Prezident sovg‘asi” tarkibiga 20 turdagi shirinlik, 3 turdagi o‘quv qurollari va 2 turdagi jihozlar kiritilgan.
Sputnik

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. 11 ming dona “Prezident sovg‘asi” O‘zbekiston hududlariga jo‘natildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan 3-15 yoshdagi bolalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun 11 000 dona “Prezident sovg‘asi” tayyorlanib hududlarga yuborilmoqda.

Yangi yilda bolajonlar prezidentdan qanday sovg‘alar oladi
Yangi yilda bolajonlar prezidentdan qanday sovg‘alar oladi

“Prezident sovg‘asi” tarkibiga 20 turdagi shirinlik, 3 turdagi o‘quv qurollari va 2 turdagi jihozlar kiritilgan.

O‘zbekiston prezidenti nomidan hozirlangan sovg‘alar hududiy hokimliklar ishtirokida joriy yilning 29-30 dekabr kunlari yetkazib beriladi.

Yangi yilda bolajonlar prezidentdan qanday sovg‘alar oladi
Yangi yilda bolajonlar prezidentdan qanday sovg‘alar oladi

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilgi “Prezident archasi” tadbirlari COVID-2019 bilan bog‘liq vaziyatni inobatga olgan holda bolalar sog‘ligini asrash maqsadida karantin talablariga qat’iy rioya etgan holda tashkil etiladi.