Rossiya Mudofaa vazirligi ilk bor "Orion" uchuvchisiz apparatini namoyish qildi

"Orion" - o‘rta balandlikda uzoq vaqt davomida uchishga mo‘ljallangan uchuvchisiz apparatlar toifasiga kiradi. Uning og‘irligi 1100 kilogrammni, foydali yuk massasi esa - 210 kgni tashkil etadi.
Sputnik

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi ilk bor "Orion" uchuvchisiz apparatini unga o‘rnatiladigan barcha qurol yarog‘ bilan birga rasman taqdim etdi. Surat vazirlik sahifasida e’lon qilingan 2021-yil kalendarida chop etilgan. 

"Orion" - o‘rta balandlikda uzoq vaqt davomida uchishga mo‘ljallangan uchuvchisiz apparatlar toifasiga kiradi. Uning og‘irligi 1100 kilogrammni, foydali yuk massasi esa - 210 kgni tashkil etadi. Orion tayyor ko‘rinishda ilk bor ArMI-2020 ko‘rgazmasda namoyish etilgan edi.

Rossiya Mudofaa vazirligi ilk bor "Orion" uchuvchisiz apparatini namoyish qildi

Fotosuratda apparat cho‘l kamuflyajida aks etgan. 

Uchuvchisiz apparat og‘irligi 21 kg bo‘lgan bir necha yo‘naltiriluvchi aviabombalar KAB-20 hamda og‘irligi 7kg bo‘lgan, sputnik va lazer yordamida nishonga aniq yo‘naltirilishi mumkin bshlgan oskolkali-fugas jangovar bosh qism bilan jihozlanishi mumkin. U dushmanning yengil zirhlangan texnikasi va tirik joniga zarba berishga mo‘ljallangan. 

Rossiya Mudofaa vazirligining 2021-yilgi kalendarida shuningdek og‘ir dron "Oxotnik" hamda 5-avlod qiruvchi samolyoti Su-57, "Borey" suv osti kemasi, T-90M tanki, "Armata" Pexota jangovar mashinasi va boshqa zamonaviy harbiy texnika aks etgan.