Putin koronavirusga qarshi vaksina oladi - Peskov 

"Sputnik V" vaksinasi dastlab katta yoshli fuqarolarga tavsiya etilmagan edi. Lekin keyinchalik 60 yoshdan oshgan fuqarolarni ham emlash boshlandi.
Sputnik

TOShKENT, 28 dek - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham koronavirusga qarshi vaksina oladi. Bu haqida RIA Novostiga prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. 

"Prezident vaksina olishga qaror qildi. U rasmiyatchiliklar tugashini kutib turgan edi", - dedi Peskov "Moskva. Kreml. Putin"  dasturida.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi aytishia ko‘ra, Vaksina olgani haqida Vladimir Putinning o‘zi ma’lum qiladi.

Eslatib o‘tamiz, "Sputnik V" vaksinasi dastlab katta yoshli fuqarolarga tavsiya etilmagan edi. Lekin keyinchalik 60 yoshdan oshgan fuqarolarni ham emlash boshlandi.