Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva faxriy jurnalist holidan xabar olishdi

Mass-mediani rivojlantirish fondi Yangi yil bayrami arafasida 100ga yaqin jurnalistlarga jami 150 million so‘m atrofida moliyaviy yordam beradi.
Sputnik

TOShKENT, 28 dek - Sputnik. O‘zbekiston Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi rahbariyati Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva 8-yildan buyon Respublika urush va mehnat faxriylari pansionatida yashayotgan faxriy jurnalist Rustam Obidovning holidan  xabar olishdi.

Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva faxriy jurnalist holidan xabar olishdi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Rustam Obidov allaqachon pensiuyaga chiqqaniga qaramay, tarjimalar qilib, astoydil ishlashda davom etmoqda. Lekin 2020-yilodan pandemiya tufayli og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan va pansionatda yashash xarajatlarining barchasini to‘lay olmagan. 

Allamjonov, ushbu vaziyatda faxriy jurnalistga yordam berishni Mass-media fondining burchi deb hisoblashini ma’lum qilgan. 

"Mass-media fondi va shaxsan men Rustam Obidovga uning muammolarini hal qilishda yordam berishni o‘z burchimiz deb hisoblaymiz. Faxriy jurnalistlar O‘zbekiston tarixidir. Ularning mehnati va fidokorona faoliyati tufayli biz mamlakatimiz bosib o‘tgan yo‘l haqida bilamiz va bizning bu ko‘magimiz ularga va ularning mehnatlariga bildirilgan minnatdorchiligimizning kichik bir qismidir", - deydi Allamjonov.

Ma’lumot uchun, jurnalist Rustam Obidov pansionatiga 18 million so‘m miqdorida qarzi bor. Mass-mediani rivojlantirish fondi ushbu to‘lovni o‘z zimmasiga oldi.

Undan tashqari, biroz oldin Fond bayram arafasida 100 ga yaqin faxriy jurnalistlarga ham yordam ajratilishini ma’lum qilgan edi. Ro‘yxatni tuzishda jurnalistlarning ijtimoiy tarmoqlardagi jamoalari va tegishli tashkilotlar ko‘maklashgan. Fond ularga jami 150 million so‘mlik yordam ko‘rsatadi.

Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva faxriy jurnalist holidan xabar olishdi