TOShKENT, 28 dek — Sputnik. IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi xodimi mast holda jamoat tartibini buzganlik uchun ishdan bo‘shatildi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarida IIO xodimlaridan birin mast holda fuqarolar bilan tortishayotgani aks etgan video tarqalgan edi.
IIV xodimi mast holda jamoat tartibini buzganlik uchun ishdan bo‘shatildi
IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, xodim A.A. xizmat kiyimida mast holda jamoat tartibi hamda IIVning meyoriy buyruq talablarini qo‘pol ravishda buzib, ichki ishlar organi xodimining sha’niga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi, xodimlarga nisbatan fuqarolar tomonidan salbiy fikrlar uyg‘onishiga sababchi bo‘lganligi uchun ishdan bo‘shatilgan