Toshkentlik ustalar retro avtomobillarga “jon kiritmoqda” – video

O‘zbekiston poytaxtida bir necha yildan buyon retro-garaj faoliyat yuritadi. U yerda tashabbuskor ustalar buyurtma asosida o‘tmish avtomobillarini qayta hayotga qaytaradi.
Sputnik

Ustaxonada nafaqat “Volga” va “Pobeda”, balki hukumatning “ZiS-110 B” avtomobillari bor.

“Retro garage” ustaxonasi rahbari Damir Gafarovning ta’kidlashicha, SSSr davridagi eski avtomobillarni  qayta tiklash O‘zbekistonda bir necha yil oldin boshlangan.

Hozircha shunga o‘xshash retro-avtomobillar havaskor kolleksiya to‘plovchilar garajining ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda yoki biror bir ko‘rgazmalarda namoyish etilmoqda.

Ustalar vaqt o‘tishi bilan Toshkenta retro-avtomobillar muzeyi paydo bo‘lishiga umid qilishmoqda.