Toshkentda avtomobil ko‘prikdan qulab tushdi

GAZ-3110 haydovchisi va avtomobil salonida bo‘lgan yo‘lovchi birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Sputnik

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Toshkent shahri Mirobod tumani Turkiston ko‘chasida GAZ-3110  rusumli mashina avtomobil ko‘prigidan Kichik halqa yo‘liga tushib ketdi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Hodisa 27-dekabr kuni soat 04:30 larda sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 43 yoshli haydovchi M.G. avtomobilda harakatlanayotib, avtomobil ko‘prigiga yetgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan. Bu uning ko‘prikdan qulab tushishiga sabab bo‘lgan.

Toshkentda avtomobil ko‘prikdan qulab tushdi

Natijada haydovchi va avtomobil salonida bo‘lgan yo‘lovchi birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Toshkent shahar IIBB YHXB hodisa sabablarini aniqlamoqda.