TOShKENT, 26 dek - Sputnik. O‘zbekistonda davomli yer silkinishi kuzatildi. Vodiy tomonda, xususan, Namangan, Andijon va Farg‘onada yer silkini kuchi 5-6 ballni tashkil qildi. Bu haqda FVV matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Toshkent vaqti bilan soat 15:28 da O‘zbekistonning bir qator hududlarida yer silkinishlari sezildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila Toshkent vaqti bilan 15:28 da Qirg‘izistonda sodir bo‘ldi. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 238 kilometrni tashkil etadi. Episentrida zilzila kuchi 5,3 magnituga teng bo‘lgan, o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan.
Zilzila kuchi Farg‘ona shahrida 6 ballni tashkil etgan.
Qirg‘izistonda yuz bergan zilzilaning O‘zbekiston shaharlarida sezilishi:
Toshkent: 238 km, 3 ball.
Namangan: 90 km, 4 ball.
Andijon: 88 km, 4 ball.
Farg‘ona: 24 km, 5-6 ball.
Guliston: 246 km, 2 ball.
Jizzax: 325 km, 2 ball.
Samarqand: 405 km, 2 ball.