Rossiya IIV 50 mingdan ziyod o‘zbekistonlik migrantlarni "nolegal"lar safidan chiqardi

Shuningdek, Rossiya ichki ishlar rahbarining birinchi o‘rinbosari Gorovoyning ta’kidlashicha, RF IIV Qurilish vazirligi bilan hamkorlikda Rossiya hududiga qurilish obyektlariga ishlash uchun keladigan mehnat migrantlariga kirishni soddalashtirish bo‘yicha reglamentni ishlab chiqqan.
Sputnik

TOShKENT, 26 dek - Sputnik. Bosh vazir maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov boshchiligidagi o‘zbek delegatsiyasi Rossiyaga tashrif buyurib, RF IIV, Mehnat va bandlik bo‘yicha federal xizmat hamda Moskva shahri meriyasida uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Mehnat vazirligi matbuot-xizmati.

Migrantlar uchun hujjat rasmiylashtirish soddalashtiriladi

Birinchi uchrashuv davomida Rossiya ichki ishlar rahbarining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy ikki davlatning migratsiya sohasidagi yuqori hamkorligini alohida e’tirof etib, yangi yilda ham xuddi shunday trend davom ettirilishiga umid bildirdi.

Xabarda ta’kidlanishicha, joriy yil sentabr oyida o‘zbek delegatsiyasining Moskvaga tashrifi chog‘ida muzokaralar davomida erishilgan bitimga ko‘ra, RF IIV organlari tomonidan Rossiyada bo‘lib turgan 50,7 ming O‘zbekiston fuqarolari "nolegal"lar safidan chiqarilgan.

Rossiya ichki ishlar rahbarining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoyning ta’kidlashicha, RF IIV Qurilish vazirligi bilan hamkorlikda Rossiya hududiga qurilish obyektlariga ishlash uchun keladigan mehnat migrantlarga kirishni soddalashtirish bo‘yicha reglamentni ishlab chiqqqan.

Hujjat koronavirusga qarshi tezkor shtabga taqdim qilingan.

Rossiya qurilishlarida migrantlar yetishmasligi Putinga yetkazildi

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Rossiya Ichki ishlar vazirligi huzuridagi "Pasport-viza xizmati" Federal davlat unitar korxonasi hamda Moskva shahridagi "Ko‘p tarmoqli migratsiya markazi" Davlat budjet muassasasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuvlari imzolandi.

Bundan ko‘zlangan maqsad Rossiya hududida ishlash istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda chiqish jarayonlarini soddalashtirishdan iborat.

O‘zbekiston tomonidan hujjatlarni O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari E.Muxitdinov, Rossiya tomonidan "Pasport-viza xizmati" FDUK rahbari o‘rinbosari P.Karpoves va "Ko‘p tarmoqli migratsiya markazi" DBM bosh direktori S.Baldin imzoladilar.

Migrantlarni emlash uchun “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzolandi

Ta’kidlash joizki, Rossiyaning bu ikki tuzilmasi Moskva va Rossiya bo‘ylab mehnat faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha ruxsatnoma olish uchun kompleks xizmat ko‘rsatadigan vakolatli tashkilot hisoblanadi.

Ikki tomon davlat organlari o‘rtasida mazkur hujjatlarning imzolanishi migratsiya jarayonlarini tartibga solish, Rossiyada mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishda O‘zbekiston fuqarolarining vaqti va harajatlarini qisqartirishga xizmat qiladigan migratsiya front-ofislarini ochishga imkoniyat yaratadi.

Shu bilan birga buning natijasida o‘zbekistonliklar Rossiyaga jo‘nab ketishdan oldin mazkuz tashkil xizmatlarining bir qismidan O‘zbekiston hududida foydalanishlari mumkin bo‘ladi.