Migrantlar uchun hujjat rasmiylashtirish soddalashtiriladi

Ushbu tashabbus natijasida migratsiya jarayonlarini soddalashtirish, mehnat migrantlari hujjatlarni rasmiylashtirish uchun sarflayotgan vaqtini kamaytirish kutilmoqda. 
Sputnik

Initsiativa pomojet naladit migratsionnie protsessi i posposobstvuyet otkritiyu front-ofisov sootvetstvuyushix sentrov.

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Rossiya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi davomida O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan mehnat migratsiyasini soddalashtirish borasida qator shartnomalar imzolandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" axborot agentligi 

"Ushbu shartnomalaradan maqsad - Rossiyaga tashkiliy tartibda mehnat qilish uchun kelayotgan O‘zbekiston fuqarolarini rasmiylashtirish jarayonlarini soddalashtirishdir", - deyilgan rasmiy xabarda. 

Ushbu tashabbus natijasida migratsiya jarayonlarini soddalashtirish, mehnat migrantlari hujjatlarni rasmiylashtirish uchun sarflayotgan vaqtini kamaytirish kutilmoqda. 

Shartnomalar O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Rossiyaning "Pasportno-vizoviy servis"  Rossiya Federal Davlat unitar korxonasi hamda Moskva "Ko‘p funksiyali migratsiya markazi" bilan imzolangan. 

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida O‘zbekiston Mehnat vazirligi Rossiya IIVga 2021-yilda Respublika hududida pasport-viza xizmati bo‘linmasini ochishni taklif qilgan edi.