Rossiya vaksinalari yangi shtammga qarshi samarador — Rospotrebnadzor

Rospotrebnadzor rahbari Anna Popovaning aytishicha, Rossiya preparatlari "koronavirus oqsilining konservativ, deyarli o‘zgarmaydigan joylarini o‘z ichiga olgan". Shu bois, ular koronavirusning yangi mutatsiyasini yenga oladi
Sputnik

Ta’kidlash joizki, sal oldin Britaniyada koronavirusning shu vaqtgacha noma’lum formasi katta tezlikda tarqala boshladi.

Infeksiyaning yangi mutatsiyasi 70% yuqumliroqligi aniqlandi. Ammo olimlar hozircha katta tezlikdagi yuqumlilik va kasallikning og‘ir o‘rtasida bog‘liqlikni aniqlay olmadilar.

Buyuk Britaniyada mutant-virusning katta tezlikda tarqalayotgani haqidagi xabarlardan so‘ng mamlakat izolyatsiyada qoldi: 20dan ortiq davlat (shu jumladan, Rossiya ham) Birlashgan Qirollik bilan transport qatnovini chekladi.