Chet elliklarni ishga olgan Rossiya kompaniyalaridan haq olish taklif etilmoqda

Ushbu tashabbus Uzoq Sharq va Arktikadagi loyihalar ustida ishlovchi kompaniyalarga taalluqli. Chet el ish kuchini jalb qilish uchun aksizlar kompaniyalar uchun "oshib boruvchi" bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. RF hukumati raisi o‘rinbosari Yuriy Trutnev kompaniyalardan chet elliklarni ishga jalb qilganlik uchun to‘lov undirish taklifi bilan chiqdi.

Mehnat migratsiyasi: O‘zbekistonni Yaponiya va Janubiy Koreya kelajagi kutaptimi?

Ushbu tashabbus Uzoq Sharq va Arktikadagi loyihalar ustida ishlovchi kompaniyalarga taalluqli.

"U yerda (obyektlar qurilishida — tahr.) butun dunyodan: sobiq SSSR respublikalari, Xitoydan va boshqa mamlakatlardan kelgan o‘n minglab insonlar ishlashadi", — dedi RBKga bergan intervyusida bosh vazir o‘rinbosari.

Trutnevning so‘zlariga ko‘ra, hukumat birinchi navbatda Rossiya fuqarolarini ish bilan ta’minlash uchun yaratilgan.

Chet el ish kuchini jalb qilish uchun aksizlar kompaniyalar uchun "oshib boruvchi" bo‘ladi.

Butunrossiya o‘zbeklar kongressi raisi Ibrohim Xudoyberdiyevning aytishicha, Uzoq Sharqdagi qurilish kompaniyalaridan xorijiy ishchilar uchun haq olish taklifi mehnat migrantlarini boshqa davlatlarda ish izlashlariga turtki bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonda migratsiya darajasi o‘tgan yilgiga nisbatan 6,3 %ga pasaygan

Ekspertning aytishicha, mehnat sharoitlarini yanada shaffofroq qilish uchun RF o‘z migratsiyaga oid qonunchiligiga tuzatishlar kiritishi lozim.

"Bu unchalik to‘g‘ri emas. Soliqlarni muntazam oshirish emas, balki shaffoflikni ta’minlash muhim. Qurilish kompaniyalari soliqqa to‘laydigan to‘lovlar ishchilar ish haqlaridan ushlab qolinadi. Biz ko‘plab ishchilarni yollayotgan kompaniyalarga duch kelyapmiz, natijada ishchilarga haq to‘lashga kelganida, buni kim amalga oshirishi noma’lum bo‘lib qolyapti...", - deydi Xudoyberdiyev.

Ekspert so‘zlariga ko‘ra, bu yerda migratsiya qonunchiligiga tuzatishlar kiritish juda muhim, Rossiyaga kelishni istagan mehnat migranti har tomondan siquvda qolmasligi, balki uning uchun hammasini shaffof qilish juda muhim.

Chet ellik ishchilarga shaffof ish o‘rinlarini yaratish muhim, deb qayd etdi suhbatdosh.