O‘zbekistonda qotillikda gumonlanayotgan shaxs Qirg‘izistonda qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda hibsga olingan erkak O‘zbekiston hududida 1995-yilda qotillik sodir etganlik gumoni bilan xalqaro qidiruvda bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Qirg‘izistonda 43 yoshli chet el fuqarosi qo‘lga olindi. U xalqaro qidiruvda bo‘lgan va O‘zbekiston hududida qotillikda gumonlanmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston IIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Militsiyaga Chuy viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro “Hizb ut-Tahrir al-Islomiy”* diniy ekstremistik guruhining faol a’zosi bo‘la turib, ushbu tashkilot g‘oyalarini targ‘ib etayotgani haqida ma’lumot kelib tushgan. Tekshiruv natijasida bu ma’lumot tasdiqlangan.

“D.R. ismli erkak Qirg‘izistonga O‘zbekistondan kelgan. U respublika hududida soxta pasport bilan bo‘lgan. Shuningdek, D.R. O‘zbekiston hududida 1995-yilda qotillik sodir etganlik gumoni bilan xalqaro qidiruvda bo‘lgani aniqlangan”, - deyilgan xabarda.

Hozirda u hibsga olingan. Qirg‘iziston JKning tegishli moddalari bilan jinoiy ish ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyatida bir guruh “Hizb ut-Tahrir”* a’zolari ushlandi

* Qator davlatlarda, jumladan, O‘zbekistonda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti